«Barselona» qishda Braziliyadan futbolchi xarid qiladi

Sport 16:30 / 12.12.2017 10506

«Palmeyras» himoyachisi Yyerri Mina faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

AS xabariga ko‘ra, katalonlar klubi 23 yoshli kolumbiyalik futbolchini kelgusi yil yozida transfer qilmoqchi edi, ammo bu transfer yanvardayoq amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Bunga Samyuel Umtiti jarohat olgani va Xaver Maskerano ketayotgani sabab bo‘lmoqda.

Ushbu transfer qiymati 9 million yevroni tashkil qiladi. «Barselona» dekabr oyi oxirigacha Minaning kelishi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilib qo‘ymoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: