Yaponiyada yilning eng yaxshi avtomobili tanlandi 

Fan-texnika 21:20 / 12.12.2017 11058

“Yaponiyada yil avtomobili” (Japan Car of The Year, JCOTY) tanlovi tashkilotchilari 2017 yilning g‘olibini ma'lum qildilar. 3 yil ichida birinchi marta bu unvon Yevropa kompaniyasi modeli – yangi avloddagi Volvo XC60 krossoveriga berildi.  

Model bu borada 2- va 3-o‘rinlarni egallagan BMW 5 seriyasi va Toyota Camry’ni ortda qoldirdi. Yil avtomobili 60 kishidan iborat hay'at tomondan tanlangan. 

Quyida ushbu tanlov natijalari keltirilgan.

Volvo XC60 – 294 ball
BMW 5 Series – 242 ball
Toyota Camry – 232 ball
Suzuki Swift – 210 ball
Honda N-BOX – 189 ball
Lexus LC – 115 ball
Alfa Romeo Giulia – 89 ball
Mazda CX-5 – 83 ball
Citroen C3 – 35 ball
Vokswagen Tiguan – 11 ball

2014 yilda Yaponiyada yil avtomobili sifatida Mazda2 xetchbegi, 2015 yilda yangi avloddagi Mazda MX-5 rodsteri, 2016 yilda esa Subaru Impreza modeli tanlangandi.

Volvo XC60 krossoveri Jyenevadagi avtosalonda ilk bor taqdim qilingan. Model SPA modul platformasida qurilgan. XC60ְ’ning dvigatellari orasida 4 silindrli benzin va dizelda ishlovchi hamda 407 ot kuchiga ega gibrid dvigatellari bor .

Ko‘proq yangiliklar: