Alyaskada qor yog‘ishi rekordi qayd qilindi

Jamiyat 11:10 / 12.12.2017 15763

AQShning Alyaska shtatida dunyoda kuzatuvlar olib borilgan barcha davr ichidagi qor yog‘ishi miqdori bo‘yicha rekord natija qayd qilindi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.  

Shtatdagi Tompson dovoni hududida uch kun ichida 87 dyuym (2 metrdan ko‘proq) qor yoqqan. Meteostansiya qor bo‘roni vaqtida bir soat ichida 10 dyuym, ya'ni har 10 daqiqada 1,7 dyuym (4,3 sm) qor yoqqanini qayd qilgan.

Kuchli qor ko‘chkilarga sabab bo‘ldi. Buning oqibatida 4 ming kishilik Valdes shahri shtatning qolgan qismidan vaqtinchalik uzilib qolgan.

Dengiz sathidan 2805 fut (855 metr) balandlikda joylashgan Tompson dovoni Amerikaning qor eng ko‘p yog‘adigan hududi hisoblanadi: bu yerda har yili 600-900 dyuym (15-23 metr) qor yog‘adi.

Ko‘proq yangiliklar: