Shahram G‘iyosov professional boksga o‘tmoqda

Sport 17:20 / 11.12.2017 23297

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Shahram G‘iyosov havaskorlar boksini tark etib, professional boksga o‘tganini ma'lum qildi. 

Sports.uz xabariga ko‘ra, u professional ringda yangi marralarni zabt etish uchun AQShga yo‘l olgan.

Shahram G‘iyosov 2016 yilgi Rio Olimpiadasida ishtirok etib, 69 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

U shuningdek, joriy yilning may oyida Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati hamda sentabr oyida Germaniyaning Hamburg shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida chempion bo‘lgan.

Bundan tashqari 2015 yili yoshlar o‘rtasida Yakutsk shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham oltin medal bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rio Olimpiadasi ishtirokchilaridan birinchi bo‘lib Fazliddin G‘oibnazarov professional boksga o‘tgandi. U shu vaqtgacha professional ringda 3ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozondi.

Keyinroq O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi a'zolaridan biri Isroil Madrimov professional boksga o‘tishini ma'lum qildi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik yana uch nafar bokschi professional boksda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bular Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov.

Ko‘proq yangiliklar: