Namangandagi nochor oilalarga moddiy ko‘mak ko‘rsatildi

Jamiyat 21:25 / 11.12.2017 21384

Nochor, qarovsiz, moddiy yordamga muxtoj va faqir odamlarga xayr-sahovat ko‘rsatish ezgu amallarning eng ma'qulidir. Zero, faqirlarning dil roziligini topish, ularning duosini olish mo‘minning nomai a'molini bezovchi ezgu amallar sirasiga kiradi. Bu xalqimizda odat tusiga kirgan.

Joriy yilning 9 dekabr kuni Namangan shahrida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘tkir voiz, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani bosh imom xatibi Odilxon Ismoilov, Namangan shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi mutasaddilari va mas'ul xodimlar ishtirok etishdi. 

Xayriya tadbiri davomida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi nochor oilalar holidan xabar olindi, ular bilan dildan suhbatlashildi. 10 ta nochor oilaga Prezidentimiz tomonidan ajratilgan maxsus yordamlar yetkazildi. Ularga qishki oziq-ovqat zahirasi va moddiy yordam pullari berildi. 

Suhbat davomida xonadon sohiblari ko‘rsatilgan bunday e'tibor va yordam uchun cheksiz minnatdorlik bildirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: