Mourino Manchester derbisidan keyin raqib darvozabonini urdi

Sport 11:29 / 11.12.2017 26026

Angliya chempionati 16-turi doirasida kechgan «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi derbi uchrashuvdan keyin mojaro ro‘y bergan. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, mehmon jamoa futbolchilari «Old Trafford» stadioni kiyim almashtirish xonasida g‘alabani katta xursandchilik bilan nishonlashi «Manchester Yunayted» murabbiyi Joze Mourinoga yoqmagan.

Shundan so‘ng, Mourino bir necha futbolchisi bilan u yerga kirib, musiqa ovozini pasaytirishni va sekinroq bayram qilishni so‘ragan. U «Siti» futbolchilarining bu harakatlarini jamoasiga nisbatan haqorat deb baholagan va u otgan sutli idish mehmonlar jamoasi darvozaboni Edersonning boshiga borib tekkan. Darvozabon esa murabbiyga qarata portugal tilida qattiq gaplar gapirgan. Shundan keyin ommaviy mushtlashuv boshlanib ketgan. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Xosep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta kiyim almashtirish xonasini yuzi qonga bo‘yalgan holda tark etgan. «Yunayted» futbolchilaridan Romelu Lukaku ushbu janjalda faollik ko‘rsatgan.

Daily Mail vaziyatni biroz boshqacharoq yoritmoqda. Mourino matbuot anjumaniga borayotganida, darvozabon Edersonni uchratib qolgan. Portugaliyalik mutaxassis undan raqibni hurmat qilishni talab qilgan, shunda aytishuvga boshqa futbolchilar ham aralashgan. Darhol kichik tortishuv yuzaga kelgan. Futbolchilar bir-birini turta boshlagan. Shundan so‘ng, mojaroga xavfsizlik xizmati xodimlari aralashib, janjalkashlarni ajratgan.

«Siti» vakillari gapiga ko‘ra, janjalga Joze Mourino sabab bo‘lgan. U «shaharliklar» futbolchilariga qarata noloyiq so‘zlarni aytgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu derbi uchrashuvidan keyin «Manchester Siti» eng yaqin ta'qibchisi «MYu»ni turnir jadvalida 11 ochkoga ortda qoldira boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: