Korrupsiyaga qarshi davlat dasturi nechta chorani o‘z ichiga qamrab olgan?

Jamiyat 08:42 / 11.12.2017 9123

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlangan, u korrupsiyaga qarshi 51 ta chora-tadbirni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu haqda 1news.uz O‘zbekiston TIVning “Jahon” AAga asosan xabar bergan.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi, uning tarkibiga tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kirdi.

O‘zbekiston BMTning korrupsiyaga qarshi Konventsiyasini ratifikatsiya qildi. 2010 yilda mamlakat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiya bilan kurash bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasiga qo‘shildi.

BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan har yili 9 dekabr kuni Korrupsiya bilan kurash Xalqaro kuni sifatida nishonlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: