GM Uzbekistan shu yilning 11 oyida Rossiyada 13 mingga yaqin avtomobil sotdi

Fan-texnika 21:08 / 11.12.2017 10571

GM Uzbekistan alyansi joriy yil yanvar-noyabr oylarida Rossiya Federatsiyasidagi xaridorlariga 12 978 dona avtomobil yetkazib berdi. Rossiyada Ravon brendi ostida savdoga chiqarilayotgan avtomobillardan o‘tgan noyabr oyida 1831 ta sotilgan. Bu haqda Yevropa biznesi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining hisobotida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, GM Uzbekistan alyansining Rossiya avtobozoridagi ulushi 11 oy yakunlari bo‘yicha 0,9 foizni tashkil etmoqda. 

2017 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi ko‘rsatkichi bo‘yicha 19-o‘ringa joylashgan. GM Uzbekistan modellarining hech biri eng ko‘p sotilgan Top-25 likka kira olmadi. 

Ro‘yxatning yuqori beshligini Lada, KIA, Hyundai, Renault, VW kompaniyalari egallagan. 

Ko‘proq yangiliklar: