Fotojamlanma: Nobel mukofoti sovrindorlari qirol tomondan taqdirlandilar

Jamiyat 08:30 / 11.12.2017 17813

10 dekabr Shvetsiya poytaxti Stokgolmda joriy yilning Nobel mukofoti sovrindorlariga mukofotlarni topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Stokgolmdagi Kontsert zaliga Nobel mukofoti diplomlari bilan taqdirlangan barcha 11 sovrindor keldi. Ular Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav tomondan taqdirlandilar.

Joriy yilda mukofot puli 9 mln shved kronasini (1 mln dollarni) tashkil qildi.

Quyida ushbu marosimdan fotosuratlar keltirilgan.

2017 yil Nobel mukofoti sovrindorlari. Rayner Vays, Barri Berish va Kip Torn (fizika); Jak Dyuboshe, Yoaxim Frank, Richard Xenderson (kimyo); Jyeffri Xoll, Maykl Rosbax, Maykl Yang (fiziologiya va tibbiyot); Kadzuo Isiguro (adabiyot), Richard Taler (iqtisodiyot).

Shvetsiya qirolichasi Silviya, qirol Karl XVI Gustav, malika Viktoriya va shahzoda Daniel.

Rayner Vays, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori.

Shvetsiya qiroli fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Barri Berishni taqdirlamoqda.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Kip Torn raqs tushmoqda.

Jak Dyuboshe, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori.

Yoaxim Frank, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori.

Qirol kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Richard Xendersonni taqdirlamoqda.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Jyeffri Xoll, Maykl Rosbax va Maykl Yang.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Kadzuo Isiguro rafiqasi Lorna Makdugall va qizi Naomi Isiguro bilan.

Nobel qo‘mitasi rahbari Berit Rayss-Andersen, Xirosimaning atom bombardimonida omon qolgan Setsuko Terlou va Yadroviy qurolni taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN) ijrochi direktori Beatris Fin tinchlik uchun Nobel mukofotining topshirilishi vaqtida.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Richard Taler.

Sovrindorlar sharafiga uyushtirilgan bazmdan lavha.

Ko‘proq yangiliklar: