Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog‘i ochiladi

Light 14:23 / 11.12.2017 13634

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Dubai Safari nomli hayvonot bog‘i foydalanishga topshiriladi. 1 milliard dirham (270 mln dollar) evaziga barpo etilgan ko‘ngilochar dam olish maskani 12 dekabrdan mijozlarga o‘z eshiklarini ochadi, deb xabar qilgan shahar ma'muriyati. 

Hayvonot bog‘i asosan quyosh energiyasidan quvvat oladi va ekologik toza loyiha hisoblanadi. Park maydoni 119 gektarga joylashgan. Loyihaning ilk bosqichida 3,5 ming hayvon bo‘lishi aytilmoqda. 

Foto: Arabian Business

U ochiq "safari" uslubida barpo etilgan bo‘lib, unda maxsus transport vositasida sayr qilish mumkin. Bog‘da "Osiyo, Afrika va Arab "qishloqlari" barpo etilgan. 

Foto: Arabian Business
Ko‘proq yangiliklar: