Chirchiqda avtoulov olib qochgan shaxs ushlandi

Jamiyat 10:31 / 11.12.2017 5355

Ichki ishlar organlarining olib borgan tezkor tadbirlari natijasida, Chirchiq shahrida sodir etilgan avtotransport vositasini olib qochish jinoyati “issiq izi”dan fosh etilishiga erishildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Ollobergan Mardiyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ilgari ham bosqinchilik jinoyatini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Biroq u o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

Jumladan, Ollobergan Mardiyev 2017 yil 27 oktabr kuni soat taxminan 22:45 larda Chirchiq shahrida joylashgan kafelardan biriga kirib, spirtli ichimliklar iste'mol qiladi. Shu yerda ovqatlanib o‘tirgan Bo‘stonliq tumanida yashovchi Usmon Botirovning yoniga borib, birga o‘tirib, Usmon Botirovning stulga ilib qo‘yilgan kostyumini cho‘ntagidan unga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtoulovning kalitlarini yashirin ravishda olib, transport vositasini olib qochib ketadi.

Shunday qilib, fuqaro Ollobergan Mardiyev o‘zining sodir etgan xatti-harakatlari bilan transport vositasini olib qochish jinoyati alomatlari bilan, uni ushlashga qaratilgan tadbir davomida yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qo‘lga olinadi.

Hozirgi vaqtda Ollobergan Mardiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: