Yuk mashinasidan chiqib ketgan g‘ildirak falokatga sabab bo‘ldi (video)

Jamiyat 19:10 / 10.12.2017 34314

Tailandda noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi: yo‘l o‘rtasida yuk mashinasidan chiqib ketgan g‘ildirak qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan mototsiklchini urib yuborgan. Ushbu holat qayd qilingan video YouTube’da joylashtirildi.

Videodan yuk mashinasidan chiqib ketgan katta g‘ildirik yo‘ldagi xavfsizlik polosasidan uchib o‘tib, qarshi yo‘nalishdan kelayotgan mototsiklchini urib yuborganini ko‘rish mumkin. Yuk mashinasi haydovchisi bundan bexabar yo‘lida ketishda davom etgan. Motosiklchining keyingi ahvoli haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.  

Ko‘proq yangiliklar: