Poytaxt aholisi diqqatiga: murojaatlaringizni yo‘llang va ular o‘z vaqtida yechimini topadi

Jamiyat 18:10 / 10.12.2017 25710

Ayni kunlarda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, mavjud muammolarni bartaraf etish va murojaatlar bilan ishlash tadbirlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Ushbu mavzuga taalluqli maqola Toshkent shahri misolida KUN.UZ sayti orqali e'lon qilindi. Unda yuqoridagi masalalar bo‘yicha jadal ravishda olib borilayotgan ishlar misollar orqali keltirib o‘tilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxtdagi mavjud muammolarni tezkor ravishda aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rish maqsadida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, Toshkent shahridagi barcha Sektor rahbarlari (44 ta) hamda monitoring guruhining barcha a'zolari o‘rtasida “Telegram” mobil dasturi orqali aloqa o‘rnatilgan.

Shu asnodan kelib chiqib, KUN.UZ tahririyati poytaxt aholisidan kommunal muammolar, obodonchilik, ta'lim va sog‘liqni saqlash tizimi hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladi. Yuborilgan murojaatlar soha vakillariga taqdim etiladi va o‘z o‘rnida yechimini topishga bevosita sabab bo‘ladi.

Bu faqat poytaxt misolida. Respublikaning barcha viloyatlaridagi mahalliy hokimiyat vakillari ana shunday tadbirlar tashkil etilishidan, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda xalq murojaatlari bilan ishlashidan barchamiz manfaatdormiz. O‘zbekistonning boshqa viloyatlari hokimiyat vakillari shu tariqa izchil ishlarni amalga oshirishiga umid qilib qolamiz.

Sohalardagi mavjud muammolarga hukumat darajasida e'tibor qaratilmoqda va prezident raisligidagi yig‘ilishlar o‘tkazilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda. Qishning sovuq kunlari kelishi munosabati bilan hukumat bu masalaga ham e'tibor qaratadi va aholi muammolari hal etiladi, degan umiddamiz. 

Yashash hududingizda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, tahririyatga murojaat qiling.

Murojaatlarni ushbu havola orqali yoki info@kun.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin!

Ko‘proq yangiliklar: