MLS’da ilk bor Kanada klubi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Sport 10:10 / 10.12.2017 4723

Kanadaning «Toronto» klubi Shimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS) kubogi finalida o‘z maydonida «Sietl Saunders»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, MLS’da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Gollarni Jozi Altidor (67-daq.) va Viktor Vaskes (94-daq.) tomonidan urildi.

MLS kubogi uchun uchrashuv muntazam chempionatda eng yuqori o‘rinni egallagan finalchi jamoa uy stadionida bo‘lib o‘tadi. 

«Toronto» ushbu g‘alaba evaziga MLS’ning chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan Kanadaning ilk klubi bo‘ldi. 

Ayni vaqtda bu unvonni eng ko‘p «Los-Anjyeles Gelaksi» qo‘lga kiritgan – 5 ta. 2016 yilda g‘oliblik «Sietl Saunders»ga nasib qilgandi.

MLS’ning birinchi mavsumi 10ta jamoa bilan 1996 yilda bo‘lib o‘tgan. 2017 yilda MLS’da 22ta jamoa – AQShdan 19ta va Kanadadan 3ta jamoa ishtirok etdi. Muntazam chempionat yakunlariga ko‘ra 12ta eng yaxshi klub (har bir konfederatsiyadan 6tadan) pley-off bosqichiga chiqib, u yerda chempionlik unvoni uchun kurash olib bordi.

MLS. Oliy futbol ligasi. Final
Toronto – Sietl Saunders – 2:0
Gollar: 1:0, Altidor (67); 2:0, Vaskes (90+4)

Ko‘proq yangiliklar: