KXDR AQShning dengiz qamalini urush ochilishi sifatida qabul qiladi

Jahon 11:20 / 10.12.2017 26178

Agar AQSh va uning tarafdorlari dengizdan blokada qilsa, KXDR bu harakatni urush e'lon qilinishi sifatida qabul qiladi. Bu haqda KXDR markaziy nashri bo‘lmish «Nodon sinmun» gazetasida yozilgan.

«Biz Qo‘shma shtatlar va uning ittifoqchilarining ehtimoliy dengiz blokadasini respublikamizga qarshi agressiya akti sifatida qabul qilamiz va bunday harakatni bizga qarshi urush e'lon qilinishi, deb tushunamiz. Biz bu holda qarshi choralar ko‘rishga tayyorlanishimiz kerak»,— deya bayonotdan iqtibos keltirgan TASS agentligi.

Bundan oldinroq, 7 dekabr kuni Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlariga izoh berib, KXDR urushga tayyorlanishi kerakligi, yarim orolda urush kelib chiqishidan qochib qutulib bo‘lmasligini bildirgandi.

Koreya yarim orolida Janubiy Koreya va AQSh harbiylari ishtirokidagi mashg‘ulotlar rasmiy Pxenyan qit'alaro ballistik raketa sinovi o‘tkazganidan keyin boshlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: