«Formula-1» yilning eng yaxshi quvib o‘tishini namoyish qildi (video)

Sport 07:40 / 10.12.2017 9284

“Formula-1” poygasi tashkilotchilari tvitterda 2017 yilning eng yaxshi quvib o‘tishi roligi bilan bo‘lishishdi. Ushbu quvib o‘tish iyunda Ozarboyjon Gran-Prisida poygachi Daniel Rikkyardo tomondan amalga oshirilgan.

2014 yildan “Red Bull” jamoasi uchun ishtirok etib kelayotgan avstraliyalik poygachi bu quvib o‘tishda birdaniga uch raqibi: Lens Stroll, Niko Xyulkenberg va Felipe Massadan o‘zib ketgan. Shundan keyin poygachi marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan.

Rikkyardo ushbu mavsumni 200 ball bilan 5-o‘rinda yakunlay oldi.

 

Ko‘proq yangiliklar: