Erdo‘g‘an Isroilni “terrorchi davlat“ deb atadi

Jahon 22:10 / 10.12.2017 15420

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilni terrorchi davlat deb atadi. Bu haqda Hurriyet daily news nashri xabar berdi. Erdo‘g‘an, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi qarorini tanqid qilgan.

Erdo‘g‘an Isroilni Trampning qaroridan keyin noroziliklar boshlagan falastinliklarga nisbatan nomutanosib kuch qo‘llayotganlikda aybladi va uni “repressiv, okkupatsion davlat” deb atadi.  

“Biz Al-Qudsni okkupatsiya va talonchiliklar bilan shug‘ullanuvchi davlat ixtiyoriga topshirib qo‘ymaymiz. Biz qonun va demokratiya doirasida qat'iy kurashni davom ettiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Ko‘proq yangiliklar: