Andijonda qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillariga avtomashinalar topshirildi

Jamiyat 15:40 / 10.12.2017 16372

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Moliya vazirligining topshirig‘iga asosan, mamlakatda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, sohada xizmat qilayotgan rahbar va mutaxassislarning samarali ishlashlari uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida joriy yil barcha tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga xizmat uchun foydalanishga 160 dona yengil avtomashina berilishi ko‘zda tutilgan.

Bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekistonda birinchi marta qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari o‘zlarining kasb bayrami nishonlamoqda. 

Ma'lumki, tegishli hujjatlarga muvofiq, Respublikadagi tumanlar qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari lavozimi bo‘yicha tumanlar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlariga hisoblanishi belgilangan.  

Andijonda kasb bayrami munosabati bilan viloyat tumanlarining shu sohada ish yurituvchi bo‘limlariga xizmat uchun Nexia-Ravon rusumli  yengil avtomashinalari topshirildi.

Xizmat avtomashinalari kalitlarini viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov topshirdi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida ham qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillariga avtomashinalar topshirilgan.

 

KUN.UZ muxbiri Elmurod  Ermatov, Andijon

Muallif olgan suratlar

Ko‘proq yangiliklar: