O‘zbek atlasi va adrasi YuNeSKOning nomoddiy madaniy meroslari qatoriga kiritildi

O‘zbekiston 21:20 / 09.12.2017 14752

YuNeSKO o‘zbek shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash qadimiy texnologiyasini Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba ro‘yxatiga kiritdi. 

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita atlas va adrasni tayyorlash Marg‘ilon texnologiyasini yuqoridagi ro‘yxatga kiritish qarorini qabul qildi.

Marg‘ilon azaldan atlas va adrasni tayyorlashning tarixiy markazi bo‘lib kelgan. Yo‘qolib borayotgan an'analarni tiklash va saqlash maqsadida 2007 yilda Marg‘ilonda Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi ochilgandi.

Bu markaz atlas va adras matolarini tayyorlash texnologiyasini saqlash, rivojlantirish va ommaviylashtirish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Marg‘ilonda har yili “Atlas bayrami” an'anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: