Turkiyada Tojikiston fuqarolari qo‘lga olindi, ular terrorizmda gumonlanmoqda

Jahon 09:22 / 09.12.2017 6109

Tojikistonning o‘n nafar fuqarosi, jumladan bir ayol va besh bola Turkiyada hibsga olindi. Ular terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumonlanmoqda.

Xabar qilinishicha, to‘rt nafar erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, ular Izmir shahridagi qamoqxonada saqlanmoqda. Bir ayol va besh bola esa Istanbuldagi qochqinlarga mo‘ljallangan lagerda qolmoqda, deb ma'lum qilgan Tojikistonning hibsga olingan fuqarolari himoyasi bilan shug‘ullanayotan Ziyovuddin Aliog‘lu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shaxslar terrorizmda gumonlanmoqda. «Turkiyada so‘ngi kunlarda Markaziy Osiyo respublikalaridan bo‘lgan boshqa fuqarolar ham hibsga olindi. Politsiyaning taxminicha, ularning bari yaqinda Suriyadan qaytib kelishgan, u yerda esa IShID terrorchilik guruhi tomonida jang qilishgan», degan Ziyovuddin Aliog‘lu.

Hibsga olingan shaxslar nomi ochiqlanmagan – iddao etilishicha, bunda tergov manfaatlari ko‘zda tutilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: