Tojikiston TIV rahbari mamlakat uchun jiddiy tahdid haqida ma'lum qildi

Jahon 18:03 / 09.12.2017 24212

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov Afg‘onistonda radikal va terrorchilik guruhlari faollashganidan tashvishda ekanini bildirdi. 

Bu haqda Vena shahridagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Tashkilot ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishining ochilishida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Tojikiston Respublikasi TIV matbuot xizmati.

Vazirning ma'lum qilishicha, “Afg‘onistonda yirik radikal kuchlarning g‘alayonlari, shuningdek IShID jangarilarining mamlakat shimoliga qaytishi ham Tojikiston, ham YeHXTning janubiy chegaralari uchun jiddiy tahdidga aylanmoqda”.

Aslovning ta'kidlashicha, “Tojikiston qo‘shni davlat sifatida Afg‘onistonda mustahkam tinchlik, siyosiy barqarorlik va iqtisodiy tiklanishdan manfaatdordir”.

Bundan tashqari, Tojikiston TIV Afg‘onistonda “mintaqaviy savdo-iqtisodiy integratsiya jarayoniga” aloqador bo‘lishiga umid bildirdi.

Avvalroq Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarada joylashgan Juzjon shimoliy viloyatida IShID terrorchilik guruhi jangarilarini o‘qitishning yashirin markazlari faoliyat ko‘rsatayotgani, ularda taxminan 300 nafar yoshlar tayyorgarlikdan o‘tayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: