Toshkentdagi xonadonda yong‘in, uy egasining jasadi topildi

Jamiyat 13:43 / 09.12.2017 14603

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati o‘tgan hafta mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro Sh.A.ning uyida maishiy gaz ballondan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
 
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan «Natsional Silk Kotton» MChJga tegishli ip yigiruv korxonasining omborxonasida yong‘in sodir bo‘lib, omborxonaning 90 kv. metr maydonda tom va ichki qismi hamda yong‘in qo‘shni yashash uylariga o‘tishidan 30 kv.metr maydonlarda tom qismlari yonib zararlangan.  Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
 
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Hamroh ko‘chasi 4-uy oldida turgan «Vagon Depo» AJga tegishli «Damas» rusumli avtomobilda elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida avtomobil butkul yonib zararlangan.  Yong‘in o‘chirish vaqtida avtomobil haydovchisi J.S. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga joylashtirilgan. 
 
Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi fuqaro T.K.ning uyida sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, 15 kv. metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.
 
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi D.A.ning uyidagi isitish pechi mo‘risining nosozligi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, shifti qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. 
 
Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro L.P.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 5 kv.m. maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasining o‘g‘li kuyish tan jarohati olgan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
 
Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi I.J.ning uyidagi isitish pechi mo‘risining nosozligi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 120 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: