Toshkentda Samarqandda yashovchi fuqaroning mashinasi olib qochildi

Jamiyat 10:05 / 09.12.2017 9215

Toshkent shahrining Olmazor tumanida noma'lum shaxs Chuqursoy ko‘chasi oldida eshigi ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi D.H.ga tegishli “VAZ-21099” avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi, A.L sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Yunusobod tumani hududida haydab ketayotgan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: