Saakashvili Lugansk politsiyasi sobiq boshlig‘ining uyida ushlangan 

Jahon 11:28 / 09.12.2017 10892

Ukraina milliy politsiyasining Lugansk oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i Yuriy Pokinborodaning ma'lum qilishicha, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini uning kvartirasida qo‘lga olishgan. Bu haqda u o‘z videomurojaatida xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda «112 Ukraina» telekanali.

«U [Saakashvili] kasal bo‘lib qoldi. Unga oddiy tibbiy yordam kerak edi. Bizda uni qayerga olib borish bo‘yicha bosh qotirib o‘tirishga vaqt yo‘q edi. Shifoxonaga olib bora olmasdik. Biz uni mening uyimga olib keldik hamda shu yerda tibbiy yordam ko‘rsatildi», - deya aytib o‘tdi Pokinboroda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «shunday holat yuz berdiki, biz buni oxirigacha sir saqlay olmadik».

Pokinborodaning ta'kidlashicha, «uning bu yerda ekanini bilgan ma'lum bir odamlar bo‘lgan».

Avvalroq Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili 8 dekabr kechki payt Kiyevda qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: