OAV: Lockheed Martin F-15 qiruvchi samolyotlariga lazer qurollarini o‘rnatadi

Jahon 08:04 / 09.12.2017 7435

Pentagon ma'muriyati Amerikaning Lockheed Martin korporatsiyasiga F-15 qiruvchi samolyotlariga lazer qurollarini joylashtirish bo‘yicha shartnomani taqdim etdi. U o‘ziuchar qurilmalar va hujum qiluvchi raketalarni urib tushira oladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Maqolada ta'kidlanishicha, shartnoma qiymati 26 mln dollarni tashkil etib, u noyabr oyida imzolangan. Pentagon 1,6 km uzoqlikdagi nishonni yo‘q qila oladigan kamida 50 kVt quvvatga ega bo‘luvchi qurolga ega bo‘lish istagida. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, keyinchalik qurol quvvati 100-150 kVt.gacha kuchaytiriladi. Lazer quroli bilan jihozlangan F-15 samolyotlari 2021 yilda armiyaga qabul qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: