OAV: BAAda Trampning Al-Quds bo‘yicha qarori “terrorchilarga sovg‘a” deb ataldi

Jahon 23:00 / 09.12.2017 12649

BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi qarorini “terrorchilarga sovg‘a” deb atadi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.   

“Tramp tomondan Al-Quds bo‘yicha qabul qilinganga o‘xshash qarorlarga terrorchilarga sovg‘a sifatida qarash mumkin”, deb aytgan Gargash. 

Gargashning aytishicha, ekstremistlar bu qarordan “o‘zlarining adovat ovozlarini ko‘tarish va teraktlarni avj oldirish uchun” qo‘llashlari mumkin. 

Tramp 6 dekabrda Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oldi va AQSh elchixonasini Tel-Avivdan u yerga ko‘chirishga tayyorlanish topshirig‘ini bergan.

Shu sababli 8 dekabrda Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi hududlarda falastinliklarning isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvlari boshlangan. Bu to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ko‘proq odam jabrlangan.

Ko‘proq yangiliklar: