Ijarada turgan ayol o‘zi yashab kelgan xonadonni tunab ketdi

Jamiyat 12:29 / 09.12.2017 9810

Buxoro shahar IIBga Jondor tumani, Dalmun QFY, Xo‘jaobod qishlog‘ida yashovchi, uy bekasi J.Q. ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan,  Buxoro shahar, T.Farog‘iy ko‘chasi 4-uy,  12-xonadondan bahosi 1.700.000 so‘mlik “LG” rusumli muzlatgich va bir dona bahosi 1.100.000 so‘mlik “LG” rusumli televizorlari o‘g‘irlab ketilganligini bildiradi. Bu haqda KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB xabar qildi.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni J.Q.ning xonadonida ijarada yashab kelgan, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron ko‘chasi 2 “a”-uy, 38-xonadonda yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlangan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan D.H. sodir qilganligi aniqlandi. 

“Tuzini yeb tuzlig‘iga tupurgan” ayol jabrlanuvchiga jami 2.800.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazib o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilganligi uchun yana takroran qonun oldida javob beradigan bo‘ldi. Unga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Ko‘proq yangiliklar: