Isroil armiyasi va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar keskinlashmoqda

Jahon 07:17 / 09.12.2017 16990

Isroil harbiy aviatsiyasi G‘azo sektoridan Isroil hududi o‘qqa tutilganiga javoban falastinlik jangarilarning G‘azo sektoridagi mashg‘ulot lageri va qurol-aslaha omboriga hujum qildi.

O‘zaro to‘qnashuvlar AQSh rahbariyati tomondan Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi e'lon qilingandan keyin boshlangan.

Hujum Isroil janubiga otilgan kamida ikki raketaga javoban amalga oshirilgan. Raketalardan biri Isroilning “Temir gumbaz” deb nomlanuvchi raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomondan urib tushirilgan.

G‘azo sektoridan amalga oshirilgan hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan. Isroil ushbu hujum uchun javobgarlikni HAMAS harakati zimmasiga yuklagan.

“Isroilga otilgan raketalarga javoban Isroil harbiy-havo kuchlari HAMASning G‘azo sektoridagi mashg‘ulot lageri va qurol-aslaha omboriga hujum qildi”, deb aytilgan Isroil bergan bayonotda.

Isroil amalga oshirgan hujum oqibatida Bayt-Laxiya shahrida 10 kishi yaralangan.

Isroilda 8 dekabr davomida falastinliklar tomondan raketa hujumi amalga oshirilganidan ogohlantiruvchi trevoga tovushlari 3 marta yangragan. Tizim G‘azo sektori bilan chegaradagi aholi punktlari, jumladan 20 ming aholiga ega Sderot shahrida ishga tushgan.

Isroillik harbiylarning ma'lum qilishicha, falastinliklar tomondan otilgan raketa Sderota shahri chekkasiga tushgan. Ta'kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolarda reaktiv snaryad yo‘lga tushgani va yo‘l chetida turgan avtomobillardan biriga talofat yetkazganini ko‘rish mumkin.  

Ko‘proq yangiliklar: