IShID Turkmaniston bilan chegaradagi afg‘on viloyatida kimlarni yollamoqda? 

Jahon 10:03 / 09.12.2017 31918

Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarada joylashgan Juzjon shimoliy viloyatida IShID terrorchilik guruhi jangarilarini o‘qitishning yashirin markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda, ularda taxminan 300 nafar yoshlar tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Bu haqda Pajhwok nashri mahalliy hokimiyat vakillariga tayangan holda xabar berdi.

Darzob uyezdidagi ma'muriy bo‘linma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Baz Muhammad Davarning aytishicha, IShID yaqinda Mogul qishlog‘ida o‘ziga jangarilar to‘plash bo‘yicha katta yig‘imni tashkil etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID o‘z safiga yaxshi bo‘lmagan oilalarda voyaga yetgan 20 yoshdan kichik shaxslarni jalb etish harakatida. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, yangi jangarilar guruh safiga qo‘shilganliklari uchun 30-40 ming afg‘oniy atrofida pul olishadi.

Viloyat kengashi a'zosi Muhammad Salimning tasdiqlashicha, Darzobda IShIDga qo‘shilgan o‘smirlar soni keskin ortgan, hamda mahalliy aholi bu vaziyatdan tashvishga tushib qolgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda qishloq tumanlarda yashovchi aholi IShID talablarini qabul qilishdan boshqa tanlovga ega ham emas.

Shu bilan birga, viloyat kengashi rahbari Bobur Ishchi Darzobdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatdan tashvishda ekanini bildirdi. «Biz mahalliy amaldorlarni jangarilarga qarshi amaliyot o‘tkazishga majburlamoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Ko‘proq yangiliklar: