Bugatti nuqsonga ega Chiron giperkarlarini qaytarib olmoqda

Fan-texnika 01:21 / 09.12.2017 12870

Bugatti kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab narxi 3 mln dollar turadigan 47 ta Chiron giperkarini qaytarib olmoqda. Bunga esa old o‘rindiqlar kronshteynlarida payvandlashning nuqsonini bartaraf etish sabab bo‘lgan.    

Qaytarib olinayotgan mashinalardan 12 tasi Shimoliy Amerikada bo‘lib, kompaniya vakillari bu giperkarlar egalari bilan bog‘lanadilar. Shundan keyin har bir Chiron yopiq yuk mashinasida Bugatti’ning AQShdagi 12 dileridan biriga tekshiruv uchun yetkaziladi. 

Agar nosozlik aniqlansa, unda kompaniya vakillari kronshteynlarni almashtiradi.

500 dona ishlab chiqarilgan Chiron 1500 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatelga elektron cheklagich o‘rnatilgan bo‘lib, u mashina tezligini 420 km/soatlik belgida cheklaydi. Giperkar joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi. 

Joriy yozda “Formula 1”ning sobiq poygachisi Xuan Pablo Montoyya Chiron’da 0 dan 400 km/soat tezlikka 32,6 soniyada erishgan va keyin uning to‘liq to‘xtatishi uchun 42 soniya ketgan. Seriyali ishlab chiqariluvchi mashinalar uchun bu rekord natija bo‘lgan. 

Chiron modeli Bugatti Veyron giperkarining vorisi hisoblanadi. Veyron oxirgi o‘n yillikning ko‘p qismi davomida dunyodagi eng tez avtomobil unvonini saqlab kelgan.  

 

Ko‘proq yangiliklar: