«Yandeks» o‘zining karshering xizmatini ishga tushiradi

Fan-texnika 09:45 / 09.12.2017 5713

Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi o‘zining karshering xizmati – «Yandeks.Drayv»ni ishga tushirishini e'lon qildi. Xizmat 2018 yil fevralida ishga tushadi. Bu vaqtgacha «Yandeks.Taksi» foydalanuvchilari yangi xizmatda ro‘yxatda o‘tganlaridan keyin «Yandeks.Drayv»dagi hisoblariga 20 foiz keshbek olishlari mumkin bo‘ladi. 

Yangi operatorning avtoparki Kia Rio sedani, Rio X-Line hetchbeki va Renault Kaptur krossoveridan tashkil etiladi. Xizmatdan foydalanish uchun iOS va Android qurilmalari uchun mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Buning uchun «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasi va kamida 2 yillik malaka talab etiladi.
 
Kompaniya avtomobillar ijarasi bo‘yicha narxni keyinroq e'lon aytilmoqda. Biroq haq to‘lash boshqa operatorlarda bo‘lgani kabi daqiqa bo‘yicha hisoblanadi. Avtoparkda nechta mashina bo‘lishi ham hozircha sir saqlanmoqda. 

Bugungi kunda Moskvada 11 ta karshering operatori faoliyat yuritadi. Yana 3 tasi ishga tushishga hozirlik ko‘rmoqda. Ularda jami 3 mingga yaqin mashina mijozlarga xizmat ko‘rsatishga jalb qilingan. Moskva bozori hajmi 10–15 ming avtomobil deya baholanmoqda. 

Karshering xizmatida avtomobil qisqa muddatga mijozga ijaraga beriladi. U foydalangan vaqti uchun belgilangan pulni to‘laydi. 

Ko‘proq yangiliklar: