Video: avtomobil chiqaradigan tovushlardan qanday qilib musiqa yaratish mumkin    

Fan-texnika 11:50 / 08.12.2017 8413

Videotasvirlar bilan shug‘ullanuvchi Slashlife Production kompaniyasi avtomobillar chiqaradigan turli tovushlardan qanday qilib musiqa yaratish mumkinligini ko‘rsatuvchi rolikni taqdim qildi.     

Musiqali trekni yaratish uchun kompaniya ixtiyorida uchta superkar bo‘lgan: Ferrari F12 N-Largo, Ferrari 430 Scuderia va Bentley Continental GT Speed. Ushbu avtomobillar chiqaradigan barcha tovushlar – eshik ochib-yopilishidagi chiqillagan tovushlardan tortib mashina tunnel bo‘ylab ketayotganda dvigateli chiqaradigan tovushlargacha yozib olindi, so‘ngra studiyada bu tovushlar yordamida trek yaratildi. 

Ko‘proq yangiliklar: