Qatar Fransiya bilan 12 mlrd yevrolik shartnomalarni imzoladi

Jahon 15:00 / 08.12.2017 3715

Qatar 50 dona Airbus A321neo samolyotini xarid qilishni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Kelishuv Fransiya prezident Emmanuel Makronning Qatarga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan qator bitimlardan biridir. Qatar, shuningdek Fransiyadan 12 ta qiruvchi samolyot ham sotib oladi. 

Ta'kidlanishicha, amirlik mintaqa mamlakatlari tomonidan savdo hamda diplomatik boykot qilinganiga qaramay shunday kelishuvni imzolagan. 

Bundan tashqari, Fransiyaning temir yo‘l konsorsiumi Qatar poytaxti Doha shahrida metro barpo etadi. Nexter mudofaa firmasi 490 ta zirxli mashinalarni yetkazib beradi. 

Prezident Makronning aytishicha, Qatar bilan imzolangan shartnomalar qiymati 12 mlrd yevroni tashkil etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: