Instagram o‘z messenjerini sinovdan o‘tkaza boshladi

Fan-texnika 10:32 / 08.12.2017 4896

Instagram alohida messenjerni sinovdan o‘tkazishni boshladi, u Direct nomini oldi. Bu haqda The Verge nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, ilovadan hozircha test rejimida olti mamlakatdagi iOS hamda Android foydalanuvchilari foydalanishi mumkin – Isroil, Italiya, Portugaliya, Turkiya, Chili va Urugvay. Kompaniyadan aniqlik kiritishlaricha, messenjerni global ravishda ishga tushirish bo‘yicha hech qanday aniq muddatlar hozircha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Youtube’da Instagram va Snapchat’dagi Stories’ga o‘xshash funksiya paydo bo‘lgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: