O‘zbekistonda Oracle Academy ta'limiy dasturi​ orqali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Fan-texnika 17:00 / 07.12.2017 4352

7 dekabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oracle kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Oleg Jukov bilan uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar beradi.

«Uchrashuv muqaddimasida mehmonlarga O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan e'tibor, jumladan dasturiy ta'minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga berilgan imtiyozlar xususida ma'lumot berildi», deyiladi xabarda

Ikkitomonlama yaqin aloqalarni o‘rnatish, xususan Oracle Academy​ta'limiy dasturi yordamida O‘zbekistonda yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda dasturiy ta'minot vositalarini ishlab chiqarish, «bulutli» texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchrashuvning diqqat-markazida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi vakillari mazkur vazirlik xodimlari bilan uchrashib, O‘zbekistonda geografik axborot tizimlari, jumladan muayyan hududga oid grafik-tasvir ma'lumotlarini o‘rganish, to‘plash va tahlil qilish tizimlarini yaratish masalasi muhokama qiliningandi.

Ko‘proq yangiliklar: