Raqamli media sohasida 2018 yil uchun 5 prognoz

Fan-texnika 00:43 / 07.12.2017 13643

Raqamli media sohasida ulkan o‘zgarishlar davri kechmoqda. Matnlar soni qisqarib bormoqda, multimediaga esa tobora keng o‘rin ajratilmoqda. Yangi texnologiyalar jarayonni boshqarmoqda. TechCrunch 2018 yili media olamda nimalar yuz berishi bilan qiziqib ko‘rdi.

 

1. An'anaviy telekanallar Netflix’dan o‘rnak ola boshlashadi

Foto: TechCrunch 

Ekspertlar telekanallar uchun orignal kontent oltin asrini prognoz qilishmoqda. O‘zi mahsulot ishlab chiqarish — televideniye yangi davri asosiy «quroli»ga aylanadi. 2018 yilda Netflix’ning raqobatchilari yanada ko‘payadi. An'anaviy kabelli kanallar va televizion operatorlar oqimli ko‘rsatuv uzatish bozoriga kirish uchun kurashishadi. Bu borada faollikni Amazon, Apple va boshqa IT-gigantlardan kutish kerak. Oqimli ko‘rsatuv uzatish davri tomonidan o‘rnatilajak yangi o‘yin qoidalarini uddalay olmaganlar yirikroq o‘yinchilar tomonidan xarid qilinadi yoki jamiki reklama byudjyetidan mosuvo bo‘ladi.

 

2. Ulkan ma'lumotlar tomoshabinlar istagini aniq prognozlashga imkon yaratadi

 

Foto: TechCrunch 

Netflix, Amazon va Facebook foydalanuvchilar haqida ulkan ma'lumotlar to‘plash mexanizmini rivojlantirish bilan band. Kompaniyalar undan yutqiziqsiz multimediali kontent yaratishda foydalanishni istashadi. Keng omma istaklarini o‘rganib, ular muvaffaqiyatsiz relizlar sonini minimumga tushirishmoqchi. Agar ilgari ulkan ma'lumotlar va foydalanuvchilar xatti-harakati tahlilidan asosan reklama roliklarini yaratishda foydalanilgan bo‘lsa, kelgusi yildan boshlab axborot va ko‘ngilochar kontent ommaning kayfiyatidan kelib chiqib tayyorlanadi.

 

3. Personallashtirilgan kontent tarqatish

Foto: TechCrunch 

Bu punkt ham oldingisiga bog‘liqligi aniq, biroq butun media sanoat va raqamli ermaklar uchun globalroq prognoz taqdim etadi. Kontent iste'molchilari haqida ma'lumot to‘plash nafaqat Netflix singari internet-kompaniyalar, shuningdek, media-bozorning an'anaviy ishtirokchilari uchun ham oddiy holga aylanadi. Ular har bir mushtariy, tomoshabin, o‘yinchi uchun to‘g‘ri keluvchi personallashtirilgan kontent yaratishni boshlashadi. Bu an'anaviy OAV va media-kompaniyalarga auditoriya talablariga aniqroq moslashish imkonini beradi.

 

4. AR va VR texnologiyalarning ommaviy joriy etilishi

 

Foto: TechCrunch 

Apple, Google va Facebook o‘zlarining shundoq ham kam bo‘lmagan VR va AR loyihalari byudjyetini oshirishadi. Kompaniyalar AR ko‘zoynaklardan foydalanishning yangicha usullarini axtarishda davom etishadi. 2018 yilda taqib yuriluvchi, qurilmalarning virtual reallik  imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli gadjyetlar paydo bo‘ladi. Kompaniyalar uchun hozir muhimi bu sohada imkon qadar tezroq muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Marrada birinchi bo‘lganlar qo‘shimcha va virtual reallikning yangi formatlarining barcha afzalliklaridan maksimal daradajada samarali pul ishlab olishadi.

 

5. Sun'iy idrok va blokcheyn media-biznesni o‘zgartira boshlaydi

 

Foto: TechCrunch 

Tovushli yordamchilar bilan bog‘liq voqealar g‘arb davlatlari uchun juda dolzarb. U yerda Amazon’ning Alexa’si, Apple’ning Siri’si va Google’ning Home karnayi ulkan auditoriyaga ega bo‘lganiga hech kim shubha qilmaydi. Sun'iy idrokka asoslangan texnologiyalar nafaqat bazaviy maishiy operatsiyalarni soddalashtiradi, shuningdek, multimedia mahsulotlarini iste'mol qilish modelini butunlay o‘zgartiradi. Tovushli yordamchilar foydalanuvchilarning o‘zlariga multimeda kontentini boshqarish imkonini beradi va bir vaqtning o‘zida uning yaratuvchilariga reklama singdirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi.

Yana bir top texnologiya — blokcheyn ham media-biznesda o‘z o‘rnini topadi. U media-kontentni ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eltishni yo‘lga qo‘yib, intellektual qaroqchilikni yengishga ko‘maklashadi.

Ko‘proq yangiliklar: