Netanyahu Trampning Quds bo‘yicha qarorini buyuk voqea deb atadi

Jahon 23:30 / 07.12.2017 8809

Amerika prezidenti Donald Trampning Quds bo‘yicha qabul qilgan qarori ahamiyatiga ko‘ra yahudiylar davlatining tashkil etilishi bilan teng, degan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu.

Chorshanba kuni AQSh Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishini va u yerga Amerika elchixonasini ko‘chirishini e'lon qilgan edi.

«Sionizm tarixida buyuk voqealar bo‘lgan: Balfur deklaratsiyasi, yahudiylar davlatining tashkil topishi, Qudsning ozod etilishi va kechagi — Trampning bayonoti», — degan Netanyaxu. Uning videoroligi  bosh vazir devonxonasi tomonidan Twitter’da e'lon qilingan.

Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, Tramp «tarix yaratmoqda» va uning Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi, shuningdek, bu shaharga AQSh elchixonasini ko‘chirish niyati jamiki siyosiy va diniy kuchlar uchun «buyuk voqea» hisoblanadi.

«Bu ham o‘nglar, ham so‘llar, shuningdek, ham dindorlar, ham dunyoviylar uchun buyuk va birlashtiruvchi onlardir», — deya o‘z so‘zini tugatgan Isroil bosh vaziri.

Isroil shaharning yarim asr muqaddam Iordaniyadan tortib olingan va keyinchalik anneksiya qilingan sharqiy qismlari va tarixiy markazi bilan birgalikda Qudsni «yagona va yaxlit» poytaxti sanab keladi.

Jahon hamjamiyati, so‘nggi daqiqagacha AQSh ham bu anneksiyani tan olmay kelmoqda edi va shaharning statusi Yaqin Sharq mojarosida Qudsning sharqiy qismiga da'vo qiluvchi falastinliklar bilan bilan kelishuv asosida hal qilinishi lozim bo‘lgan o‘zak muammolardan biri hisoblanardi.

Ko‘proq yangiliklar: