Qrimda boshi tanasidan judo etilgan 70 dan ortiq odamning jasad qoldiqlari topildi

Jahon 16:10 / 07.12.2017 28920

Qrimdagi bo‘lajak «Tavrida» trassasi joyida kamida 70 ta boshi tanasidan judo etilgan jasadlar ko‘milgan yer topildi. Bu haqda RIA Novosti Qrim yangi qurilish arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari, Rossiya Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti klassik arxeologiya bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi Sergey Vnukovga tayangan holda xabar bermoqda.

«Tepalikdagi qazilma ishlari davomida kutilmagan topilma aniqlandi. Ikkita xandaq topildi, ular boshi tanasidan judo etilgan odamlarning suyaklari bilan to‘la. 70 dan ortiq insonning jasad qoldiqlari, hammasi bosh suyagisiz, boshi tanasidan judo etilgani bo‘yicha izlarga ega. Jasadlar xandaqlarga tartibsiz ravishda tashlangan. Ular ommaviy qatl qurbonlari», - deya aytib o‘tdi Vnukov.

Arxeologlarning taxminicha, qatl etilgan asirlarning qazilma ishlari davomida topilmagan bosh suyaklari qadimda nayzalarga sanchilgan va barcha ko‘rishi mumkin qilib olib yurilgan yoki piramida shaklida qo‘yib chiqilgan. Olimlar bu jasad qoldiqlari X-XIII asrlarga tegishli ekani borasida taxminlar bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Tavrida» Kerch-Sevastopol yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi, uning qurilishi 2017 yilning 12 may kuni boshlandi. Avtotrassa qurilishining birinchi bosqichi 2018 yilning oxirida yakunlanadi, ikkinchisi esa – 2020 yilning oxirida. Trassa bo‘ylab harakatlanish tezligi soatiga 120 kilometrga teng bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: