Dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan musiqachilar ma'lum qilindi

Jamiyat 18:05 / 07.12.2017 15901

Amerikaning Forbes jurnali dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanuvchi musiqachilar nomini ma'lum qildi, reytingda birinchi o‘rinni amerikalik rep-ijrochi Diddy (Shon Kombs) egalladi, u bir yil ichida 130 million dollar ishlab topdi (soliqlarni chiqarib tashlamaganda).

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Diddy’ning reytingda yetakchiga aylanishiga Bad Boy Family Reunion Tour turnesi, Ciroc bilan shartnoma va Sean John kiyim-kechak qatori sotuvlari yordam bergan.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan 105 million dollarga ega xonanda Beyonse joy oldi, u Queen Bey's Formation World Tour turnesi tufayli shuncha ishlab topgan. Uchinchi o‘rinda – kanadalik rep-ijrochi Dreyk 94 million dollar bilan, bu pullar Boy Meets World Tour turnesi yordamida ishlab topildi.

Ulardan keyingi o‘rinlarni rep-ijrochi The Weeknd 92 million dollar bilan va Coldplay 88 million dollar bilan egallab turibdi.

Forbes’dan ta'kidlashlaricha, musiqachilarning aksariyati o‘z mablag‘larini konsert turlari orqali ishlab topishgan (reytingdagi 25 ishtirokchidan faqatgina ikki nafari istisno sanaladi: xonanda Teylor Svift 44 million dollar bilan va rep-ijrochi Jay-Z 42 million dollar bilan).

Jurnal reytingni tuzish chog‘ida 2016 yilning 1 iyunidan 2017 yilning 1 iyuniga qadar bo‘lgan davrda ishlab topilgan mablag‘larni hisobga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: