BAAda mamlakatning ilk fazogirlari otryadiga qabul e'lon qilindi

Jahon 23:08 / 06.12.2017 3320

BAA bosh vaziri, Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid Al-Maqtum amirlikning 4 kishidan iborat ilk fazogirlar otryadiga qabul boshlanishini e'lon qildi. Bu haqda BAA koinot agentligida ma'lum qilindi.

“Bosh vazir va Dubay amiri tomondan amirlikning ilk 4 nafar fazogirini tanlab olish va tayyorlash dasturi boshlanishining e'lon qilinishini BAAning uzoq koinotni zabt etish bo‘yicha yangi bosqichining boshi va mamlakatning mintaqadagi yetakchi sifatidagi mavqeini mustahkamlash deb hisoblash mumkin”, deb aytgan agentlik bosh direktori Muhammad Nosir al-Ahbobiy. 

BAA rahbariyati fazogirlikka tanlovda barcha yigit-qizlarni ishtirok etishga taklif qildi. Ular dastlab fazogir bo‘lishga jismonan to‘g‘ri kelishlari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.  

Avvalroq al-Ahbobiy BAA o‘zining ilk fazogirlarini Xalqaro koinot stansiyasiga 2021 yilda yuborishni mo‘ljallayotganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: