900 ot kuchiga ega arab giperkari ommaviy ishlab chiqariladi

Fan-texnika 23:26 / 06.12.2017 13288

Livanning giperkarlar ishlab chiqaruvchi W Motors kompaniyasi Fenyr SuperSport kupesining seriyali versiyasi haqida so‘zlab berdi. Kompaniya hammasi bo‘lib avtomobildan 25 dona ishlab chiqarmoqchi.  

Fenyr SuperSport giperkarining og‘irligi 1200 kg.ni tashkil qiladi. Kuzov qismlari uglerod toladan yasalgan. Mashinada 900 ot kuchiga ega 4 litrli dvigatel o‘rnatiladi. Mashina 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erishadi. Maksimal tezligi 400 km/soatni tashkil qiladi. Giperkar karbon-keramik diskli tormoz mexanizmi va turli o‘lchamdagi g‘ildirak disklari (old g‘ildiraklar 19 dyuymli, orqasi 20 dyuymli), orqa aksqanot bilan jihozlanadi. 

Ikki eshikli mashina ichida karbon karkasli o‘rindiqlar, Bluetooth’ni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimi, navigatsiya, Wi-Fi, raqamli asboblar paneli va orqa ko‘rinish kamerasi o‘rnatilgan.     

W Motors’ning birinchi modeli – Lykan Hypersport giperkari 2013 yilda paydo bo‘lgan. 

Fenyr SuperSport’ning narxi ma'lum qilinmagan. Lykan Hypersport esa o‘z vaqtida 3,4 mln dollarga baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: