Tojikiston va Rossiya migrantlar bo‘yicha kelishuvni imzolaydi

Jahon 17:10 / 04.12.2017 9798

Rossiyaning Moskva viloyatida MDH ishtirokchi davlatlari Migratsiya organlari rahbarlari kengashining XXI-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MDH mamlakatlaridagi migratsiya vaziyati muhokama qilindi.

Tojikiston delegatsiyasiga mehnat vaziri Sumangul Tog‘ayzoda rahbarlik qildi, deb xabar bermoqda «AP» Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligiga tayangan holda.

Tojikiston Mehnat vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Ibrohim Ahmadzodaning aytishicha, Tog‘ayzoda o‘z chiqishida Mehnat vazirligining migratsiya sohasidagi asosiy faoliyat yo‘nalishlariga e'tibor qaratgan.

"Tog‘ayzoda tomonlarning migratsion jarayonlarni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishdagi o‘zaro harakatlari istiqbollariga to‘xtalar ekan, ayni damda Tojikiston va Rossiya o‘rtasidagi mehnat migrantlarini tashkiliy yollash, mehnat qilayotgan migrantlarning pensiya ta'minoti bo‘yicha qator kelishuvlar loyihalari yakuniy bosqichda ekanini ta'kidlab o‘tdi. Ularning imzolanishi tomonlarning migratsiya masalalariga yechim topishdagi hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi", - deya ta'kidlab o‘tdi Ahmadzoda.

Ko‘proq yangiliklar: