Baxt qadriga yetishni undan o‘rganing: Nik Vuychich 35 yoshda

Light 21:40 / 04.12.2017 27485

Dunyodagi eng mashhur motivatsion murabbiy, inson imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini isbotlab keluvchi Nik Vuychich 4 dekabr kuni 35 yoshga to‘ldi. Serb muhojirlari oilasidan chiqqan Nik Avstraliyada kamyob genetik kasallik bilan dunyoga keldi. Shuning uchun uning qo‘llari va oyoqlari yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, kasallik unga yurish, suzish, skeytbord va serfing taxtasida uchish, kompyuter klaviaturasini boshqarish va yozishni o‘rganishiga to‘sqinlik qila olmadi. U buxgalterlik hisob-kitobi va moliyaviy rejalashtirish sohasida ta'lim oldi, ammo uning haqiqiy missiyasi - sonlarni qo‘shib ayirish emas, insonlarga ilhom baxsh etish. 1999 yildan u cherkovlar, maktablar va yetimxonalarda nutq so‘zlay boshlagan, odamlarga iroda kuchi va hayot mazmuni haqida so‘zlagan. Bugungi kunga kelib esa, u maktab zallari emas, butun bir stadionlarni yig‘moqda. Nik Vuychich — besh kitob muallifi, "Kapalaklar sirki" filmi qahramoni, baxtli umr yo‘ldoshi va ota. U besh yil avval Kanae Miyaxar bilan oila qurgan: hozirda juftlikning ikki farzandi bor, yaqin orada ular egizak farzandli bo‘lishi kutilmoqda. Nik Vuychichning hayoti suratlarda...

Foto: Facebook/Nick Vujicic

Nik Vuychich 2012 yilning 12 fevralida uylangan. Suratda turmush o‘rtog‘i Kanae va o‘g‘illari Kiyesi (2013) va Deyan (2015) bilan 

Foto: Facebook/Nick Vujicic

2017 yilning iyunida Nik va Kanae egizak farzand kutishayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Facebook/Nick Vujicic
Foto: Kristina Bogacheva/«Gazeta.Ru»

Nik Vuychich Moskvada, 2015 yilning 28 marti

Foto: Valeriy Sharifulin/TASS

Nik Vuychich XIX Jahon yoshlar va talabalar festivali doirasidagi matbuot anjumanida, 2017 yilning 18 oktabri

Foto: Facebook/Nick Vujicic
Foto: Global Look Press

Nik Vuychich Shanxayda, 2017 yilning 10 sentabri

Foto: Global Look Press

Nik Vuychichning Budapeshtdagi chiqishi, 2016 yilning 23 sentabri

Foto: Global Look Press
Foto: Artem Sizov/«Gazeta.Ru»
Ko‘proq yangiliklar: