Foto: Hondurasda tartibsizliklar. 8 kishi halok bo‘ldi

Jahon 17:10 / 03.12.2017 9903

Honduras Oliy saylov sudi 26 noyabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalarini qayta hisoblashni ikkinchi marta rad etdi.

«Siz kelganingiz uchun rahmat, ammo biz yangi uchrashuvni tonngi soat 9:30ga belgilaymiz»,— deya sud rahbari David Matamorosning so‘zlarini keltirgan La Prensa.

Hondurasda prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalari e'lon qilinganidan so‘ng tartibsizliklar boshlanib ketgandi. Amaldagi prezident Xuan Orlando Ernandes tarafdorlari uning muxolifati bilan to‘qnashuvlarga kirishgan. Bu to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda komendantlik soati joriy etildi.

Amaldagi prezident o‘zini saylovlarning g‘olibi deb e'lon qilib qo‘ya qolgan. U tegishli natijalar e'lon qilinishini kutib ham o‘tirmagan. Meksikaning Financiero portali xabariga ko‘ra, Ernandes ovozlarning 44 foizini olgan, uning asosiy raqibi, muxolif alyansdan nomzod – Salvador Nasrullo esa taxminan 35 foiz. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra esa ovozlar nisbati 42,92 foizga 41,42 foizni tashkil qilgan. 

Honduras qonunchiligiga ko‘ra, saylovlarda shunchaki raqibdan ko‘proq ovoz to‘plashning o‘zi kifoya qiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: