Aleksandr Maslyakov KVNga boshlovchilik qilishda davom etadi

Jamiyat 08:20 / 03.12.2017 10354

KVN boshlovchisi Aleksandr Maslyakov “Moskovskiy molodejnyy sentr “Planeta KVN” korxonasi direktori lavozimidan ketganiga qaramay, ko‘rsatuvga boshlovchilik qilishda davom etadi. Bu haqda KVNning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilindi. 

“Do‘stlar! Teleboshlovchi kasbi va davlat unitar korxonasi bosh direktori lavozimini chalkashtirmang”, deb aytilgan xabarda. 

2 dekarbda teleboshlovchi va KVNda hakamlik qiluvchi Valdis Pelsh Maslyakov efirda qolishiga ishonch bildirdi. “KVNdagi hamma narsa bu odamga bog‘liq”, deb aytgan Pelsh.

Bundan avval KVN Xalqaro ittifoqi matbuot xizmatida Maslyakov uning faoliyati tekshirila boshlangandan keyin emas, balki undan avvalroq o‘z xohishi bilan direktorlik lavozimidan ketgani ma'lum qilingan. Uning o‘zi bu lavozimdan ketishga 2017 yil boshida tashabbus bildirgan. Bu uning mehnat faoliyatini federal qonunchilik talablariga mos keltirish uchun amalga oshirilgan.

“Transperensi Interneshnl - Rossiya” o‘tkazgan tekshiruvga ko‘ra, Maslyakov “Moskovskiy molodejnyy sentr “Planeta KVN”ni boshqargan vaqtda korxona nomidan uning oilasiga tegishli bo‘lgan xususiy kompaniya bilan shartnomalar tuzish hamda Moskva markazidagi “Gavana” kinoteatrini o‘zlashtirib olishda ayblangan. 

Ta'kidlanishicha, Maslyakovning o‘zi bu ayblovlarga hali hech qanday izoh bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: