Foto: “PROlogue – 2017” festivalining “qizil yo‘lakcha”si hamda yopilish marosimi

Jamiyat 17:41 / 02.12.2017 22248

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” MA, Yosh kinoijodkorlar kengashi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan III Respublika “PROlogue – 2017” kinofestivalining eng kutilgan voqeasi –“qizil yo‘lakcha” hamda yopilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

30 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida “PROlogue – 2017” festivalining “qizil yo‘lakcha” marosimi tashkil qilinib, unda o‘zbek kino olamining hamda shou-biznesining eng ko‘zga ko‘ringan vakillari mehmon bo‘lishdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Qizil yo‘lakchagacha “Mercedes” mashinalarida kelgan mashhurlar, birma-bir qizil yo‘lakchadan tantanavor musiqa sadolari bilan marosimning asosiy qismi bo‘lib o‘tadigan sahnaga yo‘l olishdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Rixsitilla Abdullayev hamda Rayhon Ulasenova boshlovchilik qilishdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Ketma-ket qizil yo‘lakchada O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, xonandalar Shahzoda, Nilufar Usmonova, Dineyra, Shahriyor, O‘zbekiston xalq artistlari Rixsi Ibrohimova, Gavhar Zokirova, aktrisalar Saida Rametova, Fotima Rejametova, Dilorom Egamberdiyeva, Dilnoza Kubayeva, Asal Shodiyeva, Nigina Anarboyeva, Nigora Karimboyeva, Shahzoda Matchonova Muqaddas Sa'dullayeva, Feruza Sobitova, Xurshida Arabshoyevalar o‘tib turishdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Aktyorlardan esa Karim Mirxodiyev, Jumadulla Rametov, Fotih Jalolov, Farhod Abdullayev, Aziz Rametov, Alisher Uzoqov, Farhod Mahmudov, Alisher Usmonovlar, rejissyorlardan Ali Hamroyev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev, Yusuf Roziqov, Rustam Sa'diyev, Muxlisa Azizovalar birma-bir qizil yo‘lakchadan o‘tishdi. 

Foto: Feruz Muhammad
Foto: Feruz Muhammad

Har yilgidan o‘zgacha, katta tayyorgarlik bilan o‘tgan “PROlogue – 2017” “qizil yo‘lakcha” marosimidan so‘ng, yopilish marosimi boshlandi. 

Foto: Feruz Muhammad

Marosimda Dilnoza Kubayeva, Behzod Muhammadkarimov, Ra'no Shodiyeva hamda Akbarxo‘ja Rasulovlar boshlovchilik qilishdi. 

Yopilish marosimida O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov hamda aktrisa Dilnoza Kubayevaning “Bor-bor dema” deb nomlangan qo‘shiqni birgalikda kuylagani ko‘pchilik uchun kutilmagan chiqish bo‘ldi. 

O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva hamda aktrisa Dilorom Egamberdiyevaning “Baxt o‘zi nimadir” taronasini duet tariqasida kuylagani davomli qarsaklarga sabab bo‘ldi. 

Foto: Feruz Muhammad

“PROLogue – 2017” da “Eng yaxshi ssenariy” Maftuna Alloqulovaga “Xorazm jonginam” filmi uchun nasib etdi.

“Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Limuzin” filmi uchun Baxtiyor Ataboyev taqdirlandi.

Foto: Feruz Muhammad

“Eng yaxshi erkak roli uchun” uchun mukofot Fotih Nasimovga “Ustunsiz uy” filmidagi roli uchun nasib etgan bo‘lsa, “Eng yaxshi ayol roli”ga “Dilemma” filmidagi ijrosi uchun Oyparcha Abdullayeva loyiq topildi.

“Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasida “Akvarium” filmi uchun Hasan Alijonov g‘olib deb topildi.

Festivalga kelib tushgan filmlarning eng yaxshisi deb Muxlisa Azizovaning yettita xalqaro kinofestivalda namoyish qilingan “U” filmi topildi, hamda bosh sovrin bilan taqdirlandi.

Foto: Feruz Muhammad

Pitching tanlovida o‘z loyihalari bilan ishtirok etgan yoshlar orasidan esa Sherzod Musayevning “O‘gay” va Muhammad Yusupovning “Oq-qora spektakl” loyihalari g‘olib deb topildi.

Shuningdek, marosimda taniqli ustoz san'atkorlar Ali Hamroyev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev, Yusuf Roziqov, Damir Salimovga “O‘zbek kinosi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti topshirildi.

PROlogue, kinofestival

Ko‘proq yangiliklar: