Eng xavfli ammo ruxsat berilgan 8 ta oziq-ovqat qo‘shimchasi

Light 14:58 / 02.12.2017 31973

Oziq-ovqat qo‘shimchalari ko‘p martalik tadqiqotlardan so‘ng taomga qo‘shiladi va xavfsiz hisoblanadi. Biroq ayrim hollarda ruxsat berilgan moddalar salomatlikka ziyon yetkazishi mumkin. Lifehacker shu haqda so‘z yuritadi.

1. Natriy nitriti

Ye250 sifatida aks etuvchi taom qo‘shimchasi — bu nitrat kislotasining tuzi hisoblanadi. Undan mahsulotlar eskirishiga qarshi foydalaniladi. U go‘sht mahsulotlarining ishtahani ochuvchi pushti rangini saqlab qolishda yordam beradi. Uning antibakterial ta'siri ham foydali. U botulizm kasalligini uyg‘otuvchi bateriyani o‘ldiradi. 

Ammo natriy nitriti katta miqdorda zaharlidir. Misol uchun 4,6 g natriy nitriti 65 kg vaznli kishining o‘limiga olib keladi. Biroq mahsulotlarda 1 kg uchun ko‘pi bilan 50 mg miqdorda qo‘shilishi ta'minlanadi. 

Natriy nitritining yana bir salbiy ta'siri — bu uning kanserogenligidir. Aniqrog‘i, azot kislotasi tuzi go‘shtlar tarkibidagi aminokislotalar bilan reaksiyaga kirishadi va nitrozaminlarni hosil qiladi. Aynan shu modda saraton xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Biroq askorbin kislotasi va izoaskorbin kislotasining qo‘shilishi nitrozaminlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini xavfsizligini ta'minlashda aynan shundan foydalanishadi. Bundan tashqari, natriy nitrit iste'moli va migren o‘rtasida bog‘liqlik borligi ham aniqlangan. 

2. Natriy nitrati

Kimyo fanida NaNO3 deb ifodalanuvchi nitrat kislotasining natriy tuzi oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida E251 kodi bilan belgilanadi. Natriy nitrati kolbasalar, konsservalar va pishloqlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu qo‘shimcha mahsulotlarning saqlanish muddatini uzaytiradi va go‘sht mahsulotlarining rangining yoqimli bo‘lishini ta'minlaydi. 

Natriy nitratining muammoli jihati shundaki, u ham nitrozaminlar hosil qiladi. U Ye251 qo‘shilgan mahsulotlar qizdirilganida paydo bo‘ladi. Ammo mazkur holatda ham askorbin yoki izoaskorbin kislotasi qo‘l keladi. 

Foto: Xcook Info

3. Tartrazin

Ye102 bo‘yog‘i mahsulotlarga sariq tus beradi. U gazli ichimliklar, konditerlik mahsulotlar, mevalarni konservalashda qo‘llaniladi. Tartrazin allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin. Albatta, tadqiqotlarga ko‘ra, uning iste'molidan kelib chiqadigan salbiy holatlar 0,01 foiz odamda kuzatiladi. 

4. Oltingugurt(IV) oksidi  

Ye220 qo‘shimchasi ayrim turdagi vino va quruq mevalarni tayyorlashda foydalaniladi. Bu antioksidant mahsulotlarning achishiga to‘sqinlik qiladi, uning ko‘rinishini saqlaydi, bakteriyalar va zamburug‘larga qarshi kurashadi. Biroq oltingugurt qo‘shoksidi astma bilan xastalangan bemorlarning ahvolini og‘irlashtirishi mumkin. 

Foto: Depositphotos

5. Butilgidroksianizol

Ye320 qo‘shimchasi antioksidant va konservant sifatida qo‘llaniladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu modda kanserogen bo‘lishi mumkin. Kalamushlar va Suriya tillarangli kemiruvchi hayvonida o‘tkazilgan tajribalar shunday deyishga asos bo‘lmoqda. Umuman butilgidroksianizolni juda kam miqdorda iste'mol qilish saratonga olib kelmasligi aniqlangan. 

6. Benzoy kislota va natriy benzoati

Benzoy kislota (Ye210) va natriy benzoati (Ye211) konsevantlar hisoblanadi. Olimlarning xavotirlari ushbu qo‘shimchalarning askorbin kislotasi bilan qo‘shilganida benzol hosil bo‘lishi ehtimoli bilan bog‘liq. Benzol zaharli va kanserogen (saraton chaqiruvchi) hisoblanadi. Benzoik kislota va natriy benzoatining xavfsiz miqdori tana vaznining 1 kg.iga 5 mg.ni tashkil etadi. 

Foto: 21food.com

7. Natriy gidrosulfiti

Ye222 vino ishlab chiqarishda ichimlik achishining oldini olish va uning mazasini saqlashda hamda mevalarni konservalashda foydalaniladi. Natriy gidrosulfiti allergiya reaksiyalarini keltirib chiqarishi va astmaga sabab bo‘lishi mumkin. 

8. Brilliantli qora BN

Qora Ye151 bo‘yog‘i AQSh, Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Avstriya, Shveytsariya, Yaponiya, Finlandiyada taqiqlangan. Ammo Rossiyada ruxsat berilgan. Qo‘shimcha allergiya keltirib chiqarishi va astma xurujiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: