OPeKga yangi prezident rahbarlik qiladi

Jahon 08:31 / 01.12.2017 4859

OPeKga yanvardan boshlab BAA energetika vaziri Suhail al-Mazruiy prezidentlik qiladi. Bu haqda OPeKning amaldagi prezidenti, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Falih ma'lum qildi.

“Mening OPeK prezidenti lavozimidagi muddatim yakunlanmoqda va Suhail al-Mazruiy bir ovozdan OPeKning keyingi anjumalariga prezident etib saylandi. U o‘z majburiyatlarini 2018 yil 1 yanvardan bajarishni boshlaydi”, deb ma'lum qildi al-Falih matbuot anjumani vaqtida.   

OPeK+ kelishuvida ishtirok etgan neft qazib oluvchi davlatlar 30 noyabrdagi uchrashuvda neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvni yana 9 oyga – 2018 yil oxirigacha uzaytirishga kelishib olishdi. 

OPeKga kiruvchi va unga kirmaydigan davlatlar (OPeK+) 2016 yil oxirida Venada neft qazib olish hajmini umumiy hisobda kuniga 1,8 mln barrelga qisqartirishga kelishib olishgandi. Kelishuv 2017 yilning birinchi yarim yilligiga tuzilgan edi, may oyida esa yana 9 oyga – 2018 yil mart oyi oxirigacha uzaytirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: