Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston savdo uyi ochildi

O‘zbekiston 15:08 / 30.11.2017 11190

Dushanbe shahrida «O‘ztreyd» Savdo uyining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «UZTRADE» Aktsiyadorlik jamiyati matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Tojikiston tomondan Abduvali Qodirov rahbarlik qiluvchi «Metall Invest» MChJ «O‘ztreyd» savdo uyining hamkori sanaladi.

Bu Tojikistonda joriy yilda ochilgan O‘zbekistonning oltinchi savdo uyidir, bundan tashqari, yana ikkita savdo uyini ochish masalalari ko‘rib chiqilish jarayonida – Tojikistonning «AVVAT» transport-logistika kompaniyasi va Toshkentning «Huvaydo-mebel» firmasi, uning ta'sischisi Mahmudjon Boltaboyev o‘z jamoasi bilan Dushanbeda bo‘lib turibdi, deya ta'kidlagan elchixona.

Yangi savdo uyining taqdimoti o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tovarlarining keng assortimenti bilan tanishtirdi – elektrotexnika va kiyim-kechakdan tortib qurilish materiallari hamda oziq-ovqat mahsulotlarigacha, bunda yuqori sifat va arzon narxlarga asosiy e'tibor berildi.

Tadbirda Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi rahbarlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston elchilari, Rossiya Savdo vakolatxonasi, Savdo-sanoat palatasi, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar, OAV va Dushanbe jamoatchiligi – hammasi bo‘lib taxminan 120 kishi ishtirok etdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: