Nyu-Yorkda BMT xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya bo‘yicha yig‘ilishi boshlandi

Jahon 07:20 / 30.11.2017 10890

Nyu-Yorkda BMT xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya bo‘yicha yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilish o‘tkazilishini Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirgandan keyin AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya so‘ragan.

Italiyaning BMTdagi doimiy vakili Sebastyano Kardining jurnalistlarga ma'lum qilishicha, hozircha xavfsizlik kengashida Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari bo‘yicha biror-bir bayonot loyihasi yoki boshqa hujjat yo‘q. U kengash tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan qabul qilingan sanksiyaviy rezolyutsiyalar haqida eslab o‘tdi.

29 noyabrga o‘tar kechasi yaponiyalik va janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya tomondan raketa uchirilganini qayd qilishgan. Raketa Yaponiya sohillaridan 210 km uzoqlikda dengizga tushgan. Ma'lum qilinishicha, raketa 4,5 ming km balandlikka ko‘tarilib, 960 km masofa uchib o‘tgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Pxenyan qit'alararo ballistik raketa uchirgan.  

Ko‘proq yangiliklar: